Xurshid Rasulov - Yoshligimga qaytgim keladi

Xurshid Rasulov - Yoshligimga qaytgim keladi
  • Слушали: 203
  • Размер: 3.98 MB
  • Длительность: 04:18
  • Качество: 128 kbps
  • Опубликовано: 2023-07-01 14:33:05
Слушать песню
Скачать песню
Скачать песню Xurshid Rasulov - Yoshligimga qaytgim keladi в mp3 или слушать онлайн бесплатно
Текст песни
Onam yopgan issiq nonlarni,
Eslab do`st-u qadrdonlarni,
Sog`indimda o`sha onlarni,
Yoshligimga qaytgim keladi.

Olislardan chorlar bir nigoh,
Qaytolmasam mendami gunoh?
Ilk sevgimga yagona guvoh –
Yoshligimga qaytgim keladi.

Umr asli besh kunlik safo,
Gohi safo, gohida jafo,
Tashlab ketgan o`sha bevafo
Yoshligimga qaytgim keladi.

Siz ham mendek ezilgan chog`da,
Kezganmisiz xazonli bog`da?
Qo`msab A’zam yuragi dog`da,
Yoshligimga qaytgim keladi.
Xurshid Rasulov - Yoshligimga qaytgim keladi